Rahbariyat2021-08-18T17:50:55+05:00

USAROV OLIM AVALBOYEVICH

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi

Usarov Olim Avalboyevich 1973-yili tugʻilgan. Toshkent davlat universiteti jurnalistika fakultetini (1996), Toshkent Davlat yuridik institutining sud-prokurorlik fakultetini (2002) tamomlagan.

Ixtisosligi – jurnalist, huquqshunos. Filologiya fanlari nomzodi. 3-darajali adliya maslahatchisi. Ikki chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati (2005, 2010).

O.Usarov 30 yillik ish faoliyati davomida ommaviy axborot vositalari va davlat hokimiyati organlarida masʼul lavozimlarda ishlagan.

Ish faoliyatini 1991-yili “Chirchiq tongi” gazetasida boshlagan. 1995-2002-yillarda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Sport” tahririyati muharriri, “Maʼnaviyat” bosh direksiyasi boʻlim boshligʻi, “Siyosat” bosh muhaririyati boʻlim boshligʻi, “Yoshlar” telekanali guruh rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan hamda teletomoshabinlar eʼtirofiga sazovor boʻlgan “TV-advokat”, “Chirogʻi yoniq uy”, “Tabarruk qadamjolar”, “Qishloqdagi tengdoshim”, “Sayohatnoma” koʻrsatuvlarini tashkil etgan.

2002-2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Matbuot xizmat rahbari – “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Axborotnomasi” ilmiy-amaliy jurnali va “Kuch-adolatda” gazetasi birlashgan tahririyati Bosh muharriri lavozimlarida ishlagan.

2005-2015-yillarda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi (2005-2009), Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi (2010-2015) aʼzosi sifatida 30 dan ortiq qonun loyihalarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etgan.

2015-2017-yillarda Oliy sud Axborot xizmati rahbari, 2017-2021-yillarda “Nuroniy” gazetasi va “Keksalik gashti” jurnali bosh muharriri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Uning 50 dan ortiq ilmiy ishlari, xususan, “Pablik rileyshnz” oʻquv qoʻllanmasi (2012), “Ommaviy axborot vositalari va sud hokimiyati munosabatlari: Oʻzbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot” (2013), “Oʻzbekistonda siyosiy partiyalarning jamoatchilik bilan aloqalari” monografiyalari (2014), “Press-konferensiya qanday oʻtkaziladi” (2014), “Oʻzbekiston va jahon: xalqaro aloqalar, davlatlararo munosabatlar va istiqbolli hamkorlik” (2014), “Sudlar faoliyatining ochiqligi va oshkoraligi tamoyili” (2016), “Zamonaviy media muhitda PR-xizmatlar” (2019) kitoblari nashr etilgan.

O.Usarov qator koʻrik tanlovlar, xususan, “Ijodkor oʻqituvchilar” (1994), “Eng aziz, eng ulugʻ” (1997) Respublika koʻrik tanlovlari gʻolibi, “Oltin qalam” milliy mukofoti doirasida xorijiy hamkorlar (XXR) mukofoti sovrindori.

Qabul kunlari:

Dushanbadan-jumagacha

16:00 – 18:00