Hamdardlik

2019-08-12T11:50:23+05:0017 June, 2019|Umumiy yangiliklar|

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Uyushma a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi, «Jizzax ovozi» gazetasi bosh muharriri Akram Inomovning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi.

Akram Inomov 1952 yil 13 oktyabr kuni Jizzax viloyati Jizzax tumanida tug‘ilgan.

Ma’lumoti – oliy. 1973 yil Samarqand Davlat pedagogika institutini tamomlagan.

A.Inomov mehnat faoliyatini «Kommunizm sari» gazetasida boshlagan. Ish faoliyati davomida ushbu gazetada adabiy xodim, bo‘lim mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan. Jizzax viloyati Zarbdor tumani «Zarbdor» gazetasi bosh muharriri lavozimida xizmat qildi.

1983 yil 18 yanvardan «Jizzax ovozi» gazetasi bosh muharriri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

U davlatimiz tomonidan «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» unvoni, «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.