«Dunyo bo‘ylab» telekanali faoliyati yanada takomillashadi

2019-08-12T11:50:25+05:0012 June, 2019|Umumiy yangiliklar|

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi rahbariyati «Dunyo bo‘ylab» telekanali jamoasi bilan navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazdi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda Kompaniya rahbariyati «Dunyo bo‘ylab» telekanali xodimlari bilan ko‘rsatuvlarning badiiy saviyasi va ko‘rimliligini oshirish, har bir dasturning yo‘nalishini aniq belgilab olish hamda reyting talablariga mos ravishda tayyorlash bo‘yicha fikr almashdi.

Uchrashuvda «Dunyo bo’ylab» telekanalining ijodiy imkoniyatlari va salohiyati yuqori ekanligi, yaqin kunlarda telekanalda rahbar sifatida ish boshlagan Luqmonov Vohid Habibullaevich ijodiy jamoaning bu imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishiga ishonch bildirildi.

Shu bilan birga «Dunyo bo’ylab» telekanalining ijodiy imkoniyatlarini yanada kuchaytirish maqsadida ushbu yo‘nalishda samarali mehnat qilib kelayotgan va katta tajriba va salohiyatga ega ijodkor, «Vse o turizme» ko‘rsatuvning muallifi sifatida teletomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan Elьmira Tuxvatulina «Dunyo bo’ylab» telekanali direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda «Dunyo bo‘ylab» telekanalining asosiy vazifalaridan kelib chiqqan holda teledasturlarni yuqori saviyada tayyorlash va bu borada O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan ijodiy hamkorlikni yanada kuchaytirish, ayniqsa yangi loyihalar, roliklar, anonslarni homiylik asosida tashkil qilish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilab berildi.