Tojikistonlik bir guruh jurnalistlar Samarqandda

2019-08-12T11:50:27+05:0011 June, 2019|Umumiy yangiliklar|

Avval xabar bergnimizdek tojikistonlik jurnalistlar 7-12 iyun kunlari O‘zbekiston bo‘ylab press-turda ishtirok etayaptilar.

Bugun ular Samarqand viloyat Matbuot uyida bo‘lib, Samarqand matbuoti, uning tarixi, viloyat gazetalari faoliyati, tajribasi bilan tanishdi.

—Samarqand nafaqat o‘zining tarixiy obidalari va ziyoratgohlari, balki jurnalistikasining tarixiyligi bilan ham ahamiyatli, – deydi Tojikistondagi “ASIA-Plus” media-gruppasi jurnalisti Saodat Raximi. – Viloyat matbuot muzeyida Samarqand jurnalistikasining tarixi, rivojlanish bosqichlari, 100 yil oldin foydalanilgan fotoapparatdan tortib, qalamdonlargacha saqlangani bu sohaga qaratilgan yuksak e’tibor namunasidir.

Mehmonlar «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari birlashgan tahririyati, «Ovozi Samarqand» gazetasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi faoliyati, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, o‘zaro tajriba almashdilar.