O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Uyushma xodimi, taniqli jurnalist, publitsist Shoqahhor Salimovni tug‘ilgan kuni munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etadi.

2019-08-12T11:51:02+05:0010 June, 2019|Qutlovlar|

Sh.Salimov 1958 yil 10 iyunda Tojikiston Respublikasi O‘ratepa tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Tojikiston davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan.

Uzoq yillar «Ovozi tojik» gazetasi, O‘zbekiston Milliy teleradiakompaniyasining tojik tilidagi eshittirishlar bo‘limi mudiri, “Toshkent xalqaro radiosi”ning bosh muharriri, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi (hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administiratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi)ning axborot-tahlil bo‘lmida yetakchi muharrir lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 60 ga yaqin darsliklar hamda Eron kino ustalari filmlarining tarjimonidir. 1992 yil O‘zbekiston Jurnalistari ijodiy uyushmasi laureati, 2004 yil “Yilning eng faol jurnalisti” tanlovi g‘olibi deb topilgan.