Saudiyalik jurnalistlar bilan amaliy uchrashuv va ijodiy muloqotlar o‘tkazildi

2019-08-12T11:51:04+05:004 June, 2019|Umumiy yangiliklar|

Mana bir haftaki 11 nafar farg‘onalik jurnalistlar ijodiy uyushma viloyat bo‘limi tashabbusi va tashkilotchiligida Saudiya Arabistonida, Madina va Makka shaharlarida Umra ziyoratini amalga oshirmoqdalar.

Qadr kechasini hamjihatlikda Ka’ba sahnida qarshiladilar. Hayit namozini ham Harami Sharifda o‘qish rejalashtirilgan.

Safar chog‘i Jiddadagi O‘zbekiston bosh konsulxonasida farg‘onalik jurnalistlarni bosh konsul Sirojiddin Shamsutdinov rasman qabul qildi. Saudiyaning yirik gazetalari bosh muharrirlari bilan amaliy uchrashuv va ijodiy muloqotlar o‘tkazildi.

Saudiya Arabistoni podshohligi gazetalari O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi Muhammadjon Obidov boshchiligidagi delegatsiyasi bilan Saudiya OAVlari bosh muharrirlari uchrashuvi, undagi amaliy kelishuvlarni keng yoritmoqda.