Beruniy Alimovning «Media makonda milliy manfaatlar» o‘quv qo‘llanmasi nashr etildi

2019-08-12T11:51:06+05:001 June, 2019|Umumiy yangiliklar|

“Ta’lim media” nashriyoti tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti dotsenti Beruniy Alimovning «Media makonda milliy manfaatlar» nomli o‘quv qo‘llanmasi chop etildi.

O‘zbekiston hozirgi axborot globallashuvi davrida media makondagi milliy manfaatlarni himoyalash maqsadida mamlakat media imijini yuksaltirish ko‘p jihatdan ommaviy axborot vositalariga bog‘liq.

Ushbu o‘quv qo‘llanmada media makonda milliy manfaatlarning mazmun-mohiyati, ularning dolzarbligi, nazariy-kognitiv tamoyillari, bu borada milliy jurnalistikaning tutgan o‘rni va ushbu jarayonda xolislik me’yorlarini bilish kabi muhim masalalar yoritilgan.

O‘quv qo‘llanmadan jurnalistika yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalar, shuningdek, soha tadqiqotchilari va ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar ham foydalanishlari mumkin.