Saida Mirziyoyeva matbuot xizmatlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi

2019-08-12T11:51:15+05:0024 May, 2019|Umumiy yangiliklar|

«Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligimizda davlat organlari matbuot xizmatlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan zarur takliflar hamda kompleksli normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish bo‘yicha maxsus guruh tuzilgan», deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

 

O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va boshqa tashkilotlarning jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorligini tubdan takomillashtirish hamda matbuot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

 

«Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligimizda davlat organlari matbuot xizmatlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan zarur takliflar hamda kompleksli normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish bo‘yicha maxsus guruh tuzilgan», deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

 

«Bugunga kelib muayyan natijalarga erishildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va boshqa tashkilotlarning jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorligini tubdan takomillashtirish hamda matbuot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ymoqchiman.

 

Ushbu hujjat avval tilga olingan ko‘plab muammolarni hal qilish, ya’ni matbuot xizmatlarini davlat organlari va jamiyat o‘rtasidagi haqiqiy ishonchli ko‘prikka aylantirish, ularning mamlakatimiz axborot makonida samarali faoliyatini ta’minlash, matbuot kotibi mavqeini oshirish, ushbu xizmatlar kadrlar salohiyati va moddiy-texnika ta’minotini kuchaytirish va hokazolarga qaratilgan», deya ta’kidlanadi xabarda.

 

Mazkur qaror loyihasi bo‘yicha davlat tomonidan sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni ham mamlakatimiz, ham xorijda yanada samarali yoritilishi maqsadida davlat tuzilmalari matbuot xizmatlari ishini yaxshilash imkonini beradigan har qanday taklif va fikrlarning barchasi hujjat loyihasini takomillashtirish jarayonida o‘rganiladi va e’tiborga olinadi.

 

Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali tavsiya va takliflar uchun avvaldan minnatdorlik bildirgan holda qaror loyihasi bilan tanishish mumkin bo‘lgan quyidagi havolani taqdim etgan:

 

O‘zA