Hamdardlik bildiramiz

2019-08-12T11:51:17+05:0020 May, 2019|Umumiy yangiliklar|

Taniqli jurnalist, uzoq yillar O‘zbekiston Milliy axborot agentligida mehnat qilgan Baxtiyor Mansurov 73 yoshida vafot etdi.

B.Mansurov 1946 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. O‘tgan yillar davomida O‘zAda turli lavozimlarda samarali mehnat qilgan.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Uyushma a’zosi Baxtiyor Mansurovning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.