Osiyo va Yevropa madaniy va media sohasi vakillari Pekinda to‘planishdi

2019-08-12T11:52:29+05:0016 May, 2019|Umumiy yangiliklar|
Pekin shahrida “Media sohasi va Osiyo madaniyati yangiliklari” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda Osiyo va Yevropa davlatlari madaniy va media sohasi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi o‘rinbosari Xolmurod Salimov ham qatnashmoqda.

Anjumanda Osiyo davlatlarida madaniy va media sohalarini yanada rivojlantirish, bu boradagi xamkorlik kabi masalalar buyicha maruzalar tinglandi.

Konferensiya doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda Osiyo mamlakatlari jurnalistlari uyushmalari vakillari o‘zaro fikr almashdilar.