O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik vafot etdi

2019-08-12T11:52:29+05:0016 May, 2019|Umumiy yangiliklar|

Bugun 16 may kuni atoqli adib va publitsist O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik vafot etdi.

Tohir Malik 1946 yil 27 dekabrda Toshkentda tug‘ilgan. Ko‘plab tarbiyaviy-didaktik va detektiv asarlar muallifi sanaladi. Ulardan eng mashhurlari «Shaytanat», «Alvido bolalik», «Somon yo‘li elchilari», «Murdalar gapirmaydilar», «Odamiylik mulki» va boshqa asarlardir. Adib «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» unvoni va “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

U O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zosi edi.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.