Komil Allamjonov so‘z erkinligi bo‘yicha bayonot berdi

2019-08-12T11:52:30+05:0015 May, 2019|Umumiy yangiliklar|

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bayonot bilan chiqish qildi .

«Barcha ommaviy axborot vositalariga!

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yurtimizda so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash borasidagi islohotlar davom etmoqda.

O‘zbekiston — haqqoniy, xolis, xalqaro jurnalistik etika asosida ish olib boradigan har qanday xorijiy ommaviy axborot vositalariga ishlash uchun zarur sharoit yaratib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.

Ishlash prinsipidan, ular ilgari surayotgan masalalar bizning qarashlarimizni aks ettirishi yoki zid ekanidan qat’i nazar, betaraf va adolatli jurnalistika uchun erkin maydon yaratishga tayyormiz», — deyiladi bayonot matnida.