Sog‘liqni saqlash vazirligidan minnatdorlik maktubi

2019-08-12T11:52:33+05:0013 May, 2019|Umumiy yangiliklar|

Shu yil 3 may — Jahon matbuoti erkinligi kunida o‘tkazilgan Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XIV milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovining «Eng yaxshi matbuot xizmati» rag‘batlantiruvchi nominatsiyasida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati g‘olib deb topilgan edi.

Bugun O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari E.Bositxonova nomidan «Oltin qalam» XIV milliy mukofoti tashkiliy qo‘mitasi raisi S.Hakimovga minnatdorlik xati keldi.

Xatda, jumladan shunday deyiladi: «O‘zbekiston Soqliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati «Oltin qalam» milliy mukofotining «Eng yaxshi matbuot xizmati» nominatsiyasida ishtirok etib, g‘olib sifatida e’tirof etilganligi uchun o‘z minnatdorligimizni bildiramiz. Tabiiyki, ushbu nufuzli mukofot biz uchun e’tirof va rag‘bat bo‘lishi barobarida, ulkan mas’uliyat hamdir.

Bundan buyon ham vazirlik matbuot xizmati mamlakatimiz sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni tezkor, aniqlik va shaffof yetkazish borasida samarali mehnat qilishda davom etadi».