Uyushma hamdardlik bildiradi

2019-08-12T11:52:34+05:0010 May, 2019|Umumiy yangiliklar|

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi taniqli jurnalist

Abdukarim Rahimberdivning

vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Abdukarim Rahimberdiyev 1951 yilda Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi Soyliq qishlog‘ida tug‘ilgan. Nizomiy nomidagi Pedagogika instituning tarix fakultetini tamomlagan. “Xalq so‘zi”,“O‘zbekiston ovozi” gazetalari muxbiri, “Oila va jamiyat” gazetasi Bosh muharriri, O‘zbekiston Prezidenti devoni mas’ul xodimi, Toshkent viloyat hokimining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, Matbuot va axborot (hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administiratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) agentligida mas’ul lavozimlarda xizmat qildi.

Gazetada ishlab yurgan paytlari o‘z davrida shov-shuv bo‘lgan ko‘plab dolzarb maqolalar, o‘ziga xos tasvir uslubiga ega hikoyalar yozdi. Taassufki, yozganlarini jamlab kitob qilish niyatini amalga oshira olmadi. Qayerda ishlamasin, halol bo‘lishga, adolat bilan ish yuritishga, kamsuqum va samimiy bo‘lishga intildi. Shu fe’li bilan do‘stlari, hamkasblari o‘rtasida obro‘-e’tibor qozondi.