Xalqaro press klub minnatdorlik bildirdi

2019-08-12T11:52:36+05:008 May, 2019|Umumiy yangiliklar|

3 may— Jahon matbuoti erkinligi kunida poytaxtimizdagi «Turkiston» saroyida o‘tkazilgan «Oltin qalam» XIV Milliy tanlovining Bosh milliy mukofotiga Xalqaro press klub munosib deb topilgan edi.

Kuni kecha Xalqaro press klub raisi Sherzod Qudratxo‘jayev nomidan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasiga tanlovni har tomonlama yuqori darajada tashkil etilgani va g‘oliblar oshkoralik, xolislik prinsiplari asosida tanlangani yuzasidan minnatdorlik xati kelib tushdi.

Qo‘yida ushbu xatni e’tiboringizga havola etayapmiz.