Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga jo‘nab ketdi

2019-08-12T11:52:40+05:006 May, 2019|Umumiy yangiliklar|

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 may kuni Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi.

Tashrif davomida tumanlarga sanoatni olib kirish, aholini ish bilan ta’minlash va yoshlar masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shu maqsadlarga xizmat qiladigan korxonalar faoliyati bilan tanishish, yangi iqtisodiy loyihalarni belgilash rejalashtirilgan.