3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag‘ishlangan Xalqaro forum o‘z ishini boshladi

2019-08-12T11:53:04+05:003 May, 2019|Umumiy yangiliklar|

“Zarafshon” kinokonsert zali “O‘zEOAVMA Media-Xoll”ida “OAV demokratiya uchun: Global o‘zgarishlar jarayonida jurnalistika. Haqiqat va noto‘g‘ri axborot, professionallik va nomunosiblik” mavzusida xalqaro forum o‘z ishini boshladi.

Tadbir davomida O‘zbekistonda modernizatsiya va demokratiya jarayonlarida so‘z va axborot erkinligini ta’minlash, nodavlat elektron OAVning fuqarolik pozitsiyasini faollashtirish va ularni o‘tkazilayotgan islohotlar hamda jamiyatda yangilanish jarayonlariga jalb etish, davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar kuchini hamkorlikda loyihalar ishlab chiqish orqali jamiyat manfaatlari, jurnalist va texnik xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish, shuningdek, nodavlat teleradiouzatuvchilar xodimlarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash yo‘lida birlashtirish masalalari muhokama qilinadi.

Tashkilotchilar: O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) va qator tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda axborot xizmatlari rahbarlari, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar, xorijiy va mahalliy OAV vakillari, nodavlat teleradiostansiyalar direktor, bosh muharrirlari ishtirok etmoqda.

Halqaro forumning dastlabki sessiyasi “Hamkorlik chegaralarini kengaytirib: OAV, davlat va jamiyatni birlashtirish” mavzusida o‘tkazilmoqda.

Tadbir avvalida mavzuga oid videorolik namoyish etildi.

So‘ngra O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqovning maxsus ma’ruzasi tinglandi.