Ertaga, 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni

2019-08-12T11:53:05+05:002 May, 2019|Umumiy yangiliklar|

Shu munosabat bilan 3 may kuni poytaxtimizda “OAV demokratiya uchun: global o‘zgarishlar davridagi jurnalistika. Haqiqatni aytish va yolg‘on xabar berish, professionallik hamda bilimsizlik” mavzucida xalqaro forum o‘tkaziladi.

Media soha vakillarining navbatdagi uchrashuvini O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi ochib beradi. Assotsiatsiya har yili ommaviy axborot vositalari erkinligi kunida eng yaxshi ommaviy axborot vositalari, siyosiy, davlat va jamoat, xalqaro tashkilotlar vakillari, rahbarlar, mamlakatning barcha hududlaridagi jurnalist va EOAVMA a’zolari – nodavlat teleradiostansiyalar muharrirlarini bir joyga to‘playdi.

Forum media vakillarining bu gal global o‘zgarishlar davridagi jurnalistika, haqiqatni aytish va yolg‘on xabar berish, professionallik, tajribasizlik, bilimsizlik kabi masalalarda bo‘yicha munozaralar olib boradi.

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekistondagi bugungi jarayonlar, jamiyatni modernizatsiya va demokratlashtirish bo‘yicha tarixiy islohotlarni amalga oshirish milliy OAVning davlat hukumati organlari faoliyatining ochiqligi, so‘z va axborot erkinligini rivojlantirishda yangicha nuqtai nazar va yondashuvlar zarur.

Shu ma’noda bugun ommaviy axborot vositalari faoliyatida faollikni kuzatish mumkin. OAV o‘zbek jamiyatiga davlat hukumati organlari tomonidan qarorlar qabul qilish jarayoni haqida ma’lumot berishda muhim rol o‘ynashni boshladi va mamlakat aholisi uchun davlat xodimlari faoliyatini shaffoflashtirmoqda.

Mamlakatimizda nodavlat televideniyesi jadal sur’atlarda taraqqiy etmoqda. So‘nggi ikki yil ichida media bozorda respublika orqali efirga uzatiladigan to‘rtta nodavlat telekanal paydo bo‘ldi. 12 ta hududiy telestudiya esa raqamli paketga kirish huquqini qo‘lga kiritdi. Mazkur chora-tadbirlar EOAVMA a’zolarini mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish, ular tomonidan yoritiladigan dolzarb mavzularni kengaytirishdagi ishtirokini kuchaytirdi.

An’anaga ko‘ra, forum doirasida bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Ular orasida “Jurnalistlar bahori – 2019” festivali EOAVMA a’zolari – hududiy teleradiostansiyalar xodimlarini turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarni aniqlashi bilan ahamiyatlidir.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA