O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi uyushmaning Jizzax viloyati bo‘limi raisi Erkin Shermanovni 24 aprel — tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabriklaydi.

2019-08-12T11:53:17+05:0024 April, 2019|Qutlovlar|
Erkin O‘ralovich Shermanov, 1971 yilda Jizzax viloyati Jizzax tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1995 yilda Turkiyaning Ege universiteti tamomlagan.

U mehnat faoliyatini Jizzax tumani “Kommunizm sari” gazetasida boshlagan.

Shu yillar davomida Sirdaryo viloyati “Sirdaryo haqiqati” gazetasi xodimi, Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi muharriri, bosh muharriri, rais o‘rinbosari, vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi vazifalarida ishlagan.

2008 yildan buyon O‘zbekiston MTRK Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi direktori hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi raisi vazifasida ishlab kelmoqda.

Oilali, to‘rt nafar farzandi bor.