«Oltin qalam» hakamlar hay’atining yig‘ilishi o‘tkazildi

2019-08-12T11:53:20+05:0019 April, 2019|Umumiy yangiliklar|

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida jurnalistika sohasida XIV “Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovining hakamlar hay’ati a’zolarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

“Oltin qalam” XIV Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovining 3 may —Jahon matbuot erkinligi kunida o‘tkazilishi mamlakatimizda matbuot va so‘z erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada demokratlashtirish va jurnalistlarning ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlarning amaliy ifodasidir.

Yig‘ilishda hay’at a’zolari Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XIV Milliy mukofoti va “Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovga taqdim etilgan materiallarni baholash tartibi to‘g‘risidagi Nizomlarga binoan tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarning ijtimoiy ahamiyati, jurnalistning fuqarolik pozitsiyasi, tanqidiy – tahliliy mushohada, so‘zga mas’uliyat va ifoda mahorati kabi mezonlar asosida xolis va haqqoniy baholashlari, vijdonan yondashishlari zarurligi aytildi.

Hakamlar hay’ti a’zolari ommaviy axborot vositalari tavsiyalariga ko‘ra tajribali jurnalistlar orasidan tashkiliy qo‘mita tomonidan tanlab olindi.

Qayd etish joizki, bu yil o‘n to‘rtinchi marotaba o‘tkazilayotgan tanlovga 514 nafar ishtirokchidan 6700 dan ziyod materiallar kelib tushgan.