Universitetlar hamkorligi: memorandum imzolandi

2019-08-12T11:53:20+05:0019 April, 2019|Umumiy yangiliklar|
O‘zbekiston jurnalistika ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Koreyaning Kookmin University bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Memorandum imzolangan Kookmin University nafaqat Koreya balki butun dunyodagi obro‘li universitetlar qatoriga kiradi. Kookmin University da hozirda 20 ming talaba tahsil oladi, shulardan 1800 nafari xorijlik talabalar bo‘lib, ularga 600 nafar professor dars beradi. Talabalar, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish imkoniyati, magistrantlarning Double Degree dasturi bo‘yicha Koreyada tahsil olish masalalarini o‘z ichiga olgan ushbu memorandum Kookmin Universityning “Kommunikatsiyalar” fakulteti bilan imzolangan.

Kookmin University bilan tanishish chog‘ida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihati bu universitetning o‘z hududida multimedia, foto va tele laboratoriyalarning mavjud ekani hamda u yerda universitet talabalari tomonidan uzluksiz ravishda ish olib borilayotgani. Shuningdek, delegatsiya a’zolari Kookmin University ta’lim tizimi, o‘quv dasturlari bilan ham yaqindan tanishtirilib, O‘zbekiston jurnalistika ommaviy kommunikatsiyalar universitetida o‘qitiluvchi fanlarga mos ravishda ushbu amaliyotni o‘zimizda qo‘llash masalalari bo‘yicha ham kelishib olindi.