Jurnalistlar uchun media-tur:

2019-08-12T11:53:43+05:0017 April, 2019|Umumiy yangiliklar|
“Sergeli” TIF bojxona postining yangi binosi tanishtirildi

O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining “Davlat dasturlarini amalga oshirilishida jamoatchilik nazoratini o‘rnatish: jurnalistlar hamda davlat hokimiyati organlarining manfaatli hamkorligi” loyihasi doirasida Davlat bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda jurnalistlar uchun poytaxtimizdagi “Sergeli” va “Bosh pochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) bojxona postlariga media tur uyushtirildi.

Unda Qoraqlapog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyati axborot xizmatlari rahbarlari hamda respublikamizning barcha hududlaridan tashriy byuurgan davri bosma va onlayn nashrlarining bosh muharrirlari, blogerlar hamda markaziy tahririyatlarda faoliyat olib borayotgan faol jurnalistlar ishtirok etdi.

Media turning dastlabki manzili – Sergeli tumanidagi “Sergeli” TIF bojxona posti bo‘ldi. Bundan bir necha kun muqaddam mazkur post “UzTex Tashkent” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasi hududidagi yangi binoda o‘z faoliyatini boshladi.

Media turda jurnalistlarga bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar xususan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada liberallashtirish, eksportbop mahsulotlarni ko‘paytirishni rag‘batlantirish, bojxona rasmiylashtiruvi jarayonini soddalashtirish, bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish, bojxona nazoratining zamonaviy shakl va usullarini joriy etish borasida bojxona organlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Media tur davomida jurnalistlarga bojxona organlari faoliyatiga 2018 yilning 1 dekabridan joriy qilingan hamda 2019 yilning 1 martidan boshlab, to‘laqonli ravishda faoliyat yuritayotgan “Xavfni boshqarish tizimi” haqida ham batafsil axborotlar taqdim etildi.

Davlat bojxona qo‘mitasi

Axborot xizmati