Saida Mirziyoyeva: “Amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Muammolar ham yetarlicha”

2019-08-12T11:53:45+05:0016 April, 2019|Umumiy yangiliklar|

Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘zining Facebookdagi rasmiy sahifasida yangi lavozimdagi birinchi ish kuni taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bugun Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidagi birinchi ish kunim. Yangi jamoa, mutaxassislar bilan tanishdim, oldimizga qo‘yilgan vazifalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdik.

Amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Muammolar ham yetarlicha. Ularni hal qilish tinimsiz mehnat talab etadi. Zimmamizdagi bu vazifalarni Agentlikning kuchli jamoasi bilan birgalikda va hamjihatlikda uddalaymiz, deb ishonaman», deb yozadi Saida Mirziyoyeva.