O‘zbek futboli haqidagi yangi ensiklopediyaning taqdimoti o‘tkazildi

2019-08-12T11:53:46+05:0016 April, 2019|Umumiy yangiliklar|
Milliy olimpiya qo‘mitasining majlislar zalida taniqli futbol faxriysi, o‘zbek futbol sharhlovchiligi maktabi asoschilaridan biri, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, “Oltin qalam” milliy mukofoti laureati Axbor Imomxo‘jayevning yangi kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

O‘zbek futbolining 100 yilligiga bag‘ishlab yozilgan “Asr futbolidagi asl qadrdonlarim” nomli kitob Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ko‘magida chop etilgan.

800 sahifadan iborat ushbu kitobda o‘zbek futboliga oid ko‘plab tarixiy materiallar, xotiralar, qiziqarli faktlar o‘rin olgan. Shuningdek, undan futbolimiz tarixida yorqin iz qoldirgan murabbiy, futbolchi, mutaxassis va sport jurnalistlari haqida ham qimmatli ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

Axbor aka ushbu kitob ustida roppa rosa 12 yil ishladi. O‘zbek futboli ensiklopediyasi, deb atalayotgan mazkur risolani chop etilishi nafaqat muallif hayoti, balki o‘zbek futboli tarixida ham muhim ahamiyatga ega.