O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, uyushmaning Farg‘ona viloyat bo‘limi raisi Muhammadjon Obidovni tug‘ilgan kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.

2019-08-12T11:53:47+05:0015 April, 2019|Qutlovlar|

Atoqli jurnalist Muhammadjon Obidov 1951 yil 16 aprelda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 1973 yili Toshkent Davlat universiteti jurnalistika fakultetini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 1973 yilda O‘zbekiston televideniesi “Yoshlik” telestudiyasi muharriri lavozimida boshlagan. O‘tgan yillar davomida “Turkiston”, “Sovet O‘zbekistoni” gazetalari muxbiri, “O‘qituvchi” nashriyoti muharriri, O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “Axborot” bo‘limining Farg‘ona vodiysi bo‘yicha maxsus muxbiri sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Ayni paytda uyushmaning viloyat raisi bo‘lib ishlashi bilan birga “O‘zbekiston ovozi” – “Golos Uzbekistana” gazetalarining Farg‘ona viloyatidagi muxbiridir.

Ijodkor 2000-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, 2005-2009 yillarda Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati sifatida jamoat ishlarida faol ishtirok etgan.