O‘zbekiston Milliy axborot agentligi veb-saytda ilk bor qozoq tili sahifasini ishga tushirmoqda

2019-08-12T11:53:47+05:0015 April, 2019|Umumiy yangiliklar|

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi davlat rasmiy axborot manbai va mamlakatdagi yetakchi axborot agentligidir.

O‘zA axboroti 8 tilda — o‘zbek, rus, ingliz, fransuz, nemis, ispan, arab va xitoy tillarida tarqatiladi.

O‘zbekistonda “Qozog‘iston yili”ning ochilishi munosabati bilan rasmiy axborot agentligi sahifalariga ilk bor qozoq tili ham qo‘shildi.

Endi veb-sayt O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlaridagi o‘zgarishlar va yangiliklar haqida tezkor va ob’ektiv axborot uzatish imkonini beradi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi muhim ijtimoiy-siyosiy voqealarni to‘laligicha yoritish, azaliy yaqinlikni targ‘ib qilish, do‘stlik, hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamlash bosh maqsadi hisoblanadi.

Mazkur sahifa yaqin qo‘shnichilik, birodarlik, barcha sohadagi manfaatlar mushtarakligiga xizmat qiladi.