«OLTIN QALAM»: faoliyatimda katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi

2019-08-12T11:53:50+05:0011 April, 2019|Umumiy yangiliklar|
«Oltin qalam» Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov jurnalistlarni yanada faolroq bo‘lishga, voqelikka teran nigoh, katta mas’uliyat bilan qarashga da’vat etadi. O‘tgan yillar mobaynida ushbu mukofot o‘z zimmasiga yuklangan xayrli vazifani sharaf bilan ado etib kelmoqda, deyish uchun barcha asoslarimiz bor. U jurnalistlarning yanada samarali mehnat va ijod qilishida ulkan ilhom, rag‘bat va yuksalish omili bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirish, innovatsiyani rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlarimning 2018 yili «Oltin qalam» Milliy mukofotiga munosib ko‘rilishi faoliyatimda katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. O‘z ishining ustasi bo‘lgan hamkasblarim bilan hamkorlikda ko‘plab yangi loyihalar tayyorladik va efirga uzatdik.

Murodbek OTAJONOV,

Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi

muharriri.