O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi taniqli jurnalist, «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari bosh muharriri Farmon Toshevni 6 aprel tavallud kuni munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etadi.

2019-08-12T11:53:53+05:006 April, 2019|Qutlovlar|

Toshev Farmon Ishoqovich 1954 yil 6 aprelda Samarqand viloyati, Paxtachi tumanidagi Qarnab qishlog‘ida tug‘ilgan.

1975 yilda Samarqand SamDU o‘zbek filologiyasi fakulьtetini, 1987 yilda Toshkent oliy partiya maktabini bitirgan.

“Paxtachi” tuman gazetasida muharrir o‘rinbosari, viloyat radiosida katta muharrir, “Zarafshon” viloyat gazetasida muxbir, bo‘lim mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari, “O‘zbekiston ovozi”, “Inson va Qonun” gazetalarining viloyat muxbiri bo‘lib ishlagan. Viloyatda “Ko‘ksaroy”, “Registon” tarmoq gazetalarini tashkil etgan.

1998 yildan 2012 yilgacha viloyat “Zarafshon” gazetasi bosh muharriri bo‘lgan.

2012 yildan buyon viloyat “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri vazifasida ishlab kelmoqda.

1999 yildan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, Oliy Majlis Senati a’zosi. 2007 yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

2014 yilda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi boshqaruvi raisligiga saylangan.

“Mehnat shuhrati”(2003), “El-yurt hurmati” (2013) ordenlari, “Xalq ta’limi a’lochisi” (2007) nishoni sohibi.

“Qarnabcho‘l qo‘shig‘i” (1994), “Onang tirik, bolam” (1995), “Men yomg‘irli kunda kelaman” (1998), “Qarnabota armoni” (2003), “Jurnalistning noni qattiq” (2004), “Otamning saboqlari” (2006), “Umrning o‘rtasi” (2006), “O‘zimdek yashashni istayman” (2006), “Bedavo ko‘ngil” (2009), «So‘z aytmoq saodati» (2011), “Sog‘inch” (2011), “Ayollar nima deydi?” (2012) kabi qator kitoblar muallifi.