Tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi o‘tkazildi

2019-08-12T11:53:54+05:005 April, 2019|Umumiy yangiliklar|

Milliy matbuot markazida jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XІV milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda tashkiliy qo‘mita a’zolari, tanlovda o‘z mukofotlari bilan ishtirok etayotgan mamlakatimizdagi xorijiy elchixona va tashkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda “Oltin qalam” XIV Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, tashkiliy qo‘mita va uning ishchi guruhi tarkiblari hamda ish rejasi tasdiqlandi. Shuningdek, tanlov g‘oliblariga mukofotlarni topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosimni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Tanlovni o‘tkazish jarayonida taniqli jurnalist va ekspertlardan iborat tanlov hay’ati shakllantirildi. Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar mavzuning ijtimoiy ahamiyati, jurnalistning fuqarolik pozitsiyasi, tanqidiy – tahliliy mushohada, so‘zga mas’uliyat va ifoda mahorati mezonlari asosida xolis va shaffof baholanishi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, “Oltin qalam” XIV Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovi shu yil 3 may — Jahon matbuoti erkinligi kuni o‘tkaziladi.