XIV “Oltin qalam” Milliy mukofoti xalqaro tanlovi o‘z vaqtida o‘tkaziladi

2019-08-12T11:53:55+05:004 April, 2019|Umumiy yangiliklar|

“Oltin qalam” XIV Milliy mukofoti xalqaro tanlovi shu yil 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni “Turkiston” saroyida tashkil etiladi.

Shu yil 5 aprelь kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida jurnalistika sohasida XIV “Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.

“Oltin qalam” milliy mukofoti xalqaro tanlovi 2006 yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. Agar 2006 yili o‘tkazilgan “Oltin qalam” I Milliy mukofoti uchun tanlovda 136 nafar jurnalist 1669 ta ijodiy ishi bilan qatnashgan bo‘lsa, 2018 yili o‘tgan XIII Milliy mukofot uchun tanlovda 520 nafar ijodkor 8500 ga yaqin material bilan ishtirok etdi. Umuman olganda, shu vaqtga qadar tanlovda 6500 dan ortiq jurnalistning 10 000 ga yaqin ijodiy ishi ko‘rib chiqildi. 280 nafar hamkasblarimiz tanlov g‘olibiga aylandilar.

Tanlov nominatsiyalari va shartlari bo‘yicha ma’lumotlar birozdan keyin e’lon qilinadi.