Xalqaro Baxshichilik san’ati Festivalini yaxshi yoritgan jurnalistlar taqdirlanadi

2019-08-12T11:53:55+05:003 April, 2019|Umumiy yangiliklar|

Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish maqsadida tanlov e’lon qilindi. Bu haqda festival Matbuot markazi xabar bermoqda.

Tanlov “Eng yaxshi maqola: Surxon vohasi tarixini aks ettiruvchi maqola va Xalqaro baxshichilik festivali haqidagi maqola”, “Internetdagi eng yaxshi targ‘ibotchi”, “Eng yaxshi videoreportaj”, “Eng yaxshi fotoreportaj”, yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Mazkur yo‘nalishlar g‘oliblarining har biriga 5 million so‘mdan mukofot pullari beriladi. G‘oliblar festival yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida taqdirlanadi.