S. Hakimov ma’ruzasi to‘plamda chop etildi

2019-08-12T11:53:56+05:003 April, 2019|Umumiy yangiliklar|

Avval xabar qilinganidek, 2019 yilning 24-30 mart kunlari Janubiy Koreyada “Dunyoda barqaror tinchlik va jurnalist so‘zi” mavzuida butunjahon jurnalistlarining xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi. Dunyoning ellik mamlakatidan 70 nafar jurnalist ishtirok etgan ushbu nufuzli tadbir doirasida chop etilgan to‘plamda sanoqli soha vakillarining ma’ruzalari ikki – ingliz va koreys tillarida nashr etildi. Ular orasida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sa’dulla Hakimovning ham borligi e’tiborga molik.
“Jurnalistning xolis suzi – tinchlik kafolati ” mavzuida ma’ruza qilgan S. Hakimov Koreya Jurnalistlari assotsiatsiyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolashga ham erishgani ma’lum qilingan edi.