«O‘zbekiston temir yo‘llari» axborot-tahliliy media markazi ochildi

2019-08-12T11:53:57+05:003 April, 2019|Umumiy yangiliklar|

«O‘zbekiston temir yo‘llari» axborot-tahliliy media markazi ochildi
Konseptual jihatdan yangi modeldagi axborot-tahliliy ko‘makni tashkillashtirish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimidagi mavjud Axborot bilan ta’minlash, jamoatchilik bilan aloqalar va tarmoq gazetasi tahririyati negizida Axborot-tahliliy media markazi tashkil etildi. Bu haqda tashkilot axborot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur Markazning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
1. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan axborot ta’minoti masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikning sifatini oshirish;
2. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatiga hamda boshqa dolzarb masalalarga bag‘ishlangan brifing, matbuot anjuman, davra suhbat, mediaturlarni tashkil etish;
3. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan holda dunyodagi temir yo‘llar sohasiga oid so‘nggi tendentsiyalar borasida axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash;
4. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida ijtimoiy so‘rovnomalarni tashkillashtirish, takliflarni jamlash, qayta ishlash va ko‘rib chiqish;
5. Video va fotomateriallarni tayyorlash va jamoatchilikka taqdim etish, shu jumladan, global tarmoq (Internet), ommaviy axborot vositalari va boshqalar orqali.
Mazkur markaz faoliyatida ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikni yuqori darajada yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratishni, yuqori malakali, sohaga oid bilim, ma’lumot va ko‘nikmaga ega bo‘lgan ijodiy mutaxassislarini ishga olishga. Shuningdek, Markaz negizida tarmoq “Temiryo‘lchi” gazetasi o‘z nashriyotini davom etadi.