Кўпчиликнинг сўровига жавоб бериш – оддий қоида, аммо «Ўзбекистон ҳаво йўллари» ундай қилмаяпти

2019-08-12T12:02:15+05:0029 March, 2019|Umumiy yangiliklar|

O‘zA saytida 2019 yil 4 mart kuni “O‘zbekistonliklar nima uchun qo‘shni davlat aeroportlaridan parvoz qilishni afzal ko‘rmoqda?” sarlavhali material e’lon qilingan edi.

Unda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan aviachiptalar narxlari qo‘shni davlatlarniki bilan solishtirganda qimmat ekani, shu bois yuzlab o‘zbekistonliklar Qozog‘iston aeroportlari orqali parvoz qilayotgani qayd etilgan hamda bir necha haqli savollar o‘rtaga tashlangan edi.

Maqola ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilikning e’tiborini tortdi, ko‘plab fikrlar bildirildi. Qisqasi, hamma narx-navoning sababi bilan qiziqdi, mutasaddilardan izoh so‘radi.

Mutasaddilar esa negadir ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savollarga javob berish yoki tushuntirishni istamayotirlar. Tushuntirish zarurligini tushunmayotgan bo‘lishlari ham mumkin.

Nima bo‘lgandayam, aviachiptalar narxidagi baland-pastlikni izohlash, odamlarning so‘rovlariga javob berish madaniyatli yurtlarda oddiy qoida hisoblanadi.

Shunday emasmi, hurmatli Baxtiyor Ibragimovich?!

O‘zA

saytidan olindi