Seulda butunjahon jurnalistlarining xalqaro anjumani boshlandi

2019-08-12T12:02:19+05:0025 March, 2019|Umumiy yangiliklar|

Unda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sa’dulla
Hokimov ishtirok etmoqda

Bugun, 25 mart kuni Janubiy Koreyaning Seul shahridagi Prezident matbuot markazida “Dunyoda barqaror tinchlik va jurnalist so‘zi” mavzuida Butunjahon jurnalistlarining xalqaro anjumani ish boshladi.

Dunyoning ellik mamlakatidan 70 nafar jurnalist ishtirok etayotgan ushbu nufuzli anjumanda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sa’dulla Hakimov ham qatnashmoqda.

Koreya Jurnalistlari assotsiatsiyasi raisi Jung Kiyu Sung ochgan mazkur xalqaro tadbir Koreya Jurnalistlari assotsiatsiyasi, Koreya Tashqi ishlar, Madaniyat, Sport va Turizm vazirliklari hamkorligida tashkil etilgan. Unda dunyoning turli davlatlaridan kelgan jurnalistika sohasi vakillarining chiqishlar kutilmokda.

Anjumanda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi S. Hakimov “Jurnalistning xolis so‘zi – tinchlik kafolati ” mavzuida ma’ruza qildi. Shuningdek, u Janubiy Koreya Jurnalistlari assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmalari o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolagan.