O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi markaziy apparati Uyushma raisi Sa’dulla Hakimovni 25 mart tavvallud kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.

2019-08-12T12:02:20+05:0020 March, 2019|Qutlovlar|

Hakimov Sa’dulla Hakimovich 1951 yil 25 martda Jizzax viloyatining Forish tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy.

1977 yili O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulьtetini tamomlagan. 2002 yilda “ O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Mehnat faoliyatini G‘allaorol tumanida o‘qituvchilikdan boshlagan. O‘zbekistonda sotsial ta’minot” jurnali mas’ul kotibi, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi bo‘lim mudiri, “O‘zbekiston ovozi” gazetasi bo‘lim mudiri, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi mas’ul kotibi, “Ma’rifat” gazetasi bosh muharriri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Axborot markazi rahbarining o‘rinbosari, rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining o‘rinbosari, “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligi bosh direktori, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi bosh muharriri lavozimlarida ishlagan.
2016 yilning 29 dekabridan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi.

S.Hakimov, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi hisobladi. Bir nechta publitsistik va she’riy kitoblar muallifi. «Shuhrat» medali sohibi, oilali, uch nafar farzandi bor.