“Oltin qalam” mukofotlash tizimida bu yil yangilik bo‘ladimi?

2019-08-12T12:02:21+05:0019 March, 2019|Umumiy yangiliklar|

“O‘zbekiston 24” radiokanalida Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Sa’dulla Hakim bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri intervyu davom etmoqda.

“Oltin qalam” mukofotlash tizimida bu yil yangilik bo‘ladimi? Uyushma raisi Sa’dulla Hakimovning aytishicha,“Oltin qalam”ning tashkiliy printsiplari tizimida bu yil o‘zgarish bo‘lmaydi. Faqatgina mukofotlangan jurnalistlarning qaysi materiali asosida taqdirlanganini ko‘rsatish uchun “Oltin qalam” egalarining materiallari uyushma saytida e’lon qilinadi.

Aslida, mukofotlanganlar materiali 2018 yilda o‘tgan taqdirlanish jarayonida ham e’lon qilinishi kerak edi. Biroq, Sa’dulla Hakimovning aytishicha, uyushmaning internet sayti bo‘lmagani uchun bu yangilik amalga oshmagan. Biroq, taqdirlanganlarning materialini davlat saytlardan bo‘lgan O‘zbekiston milliy axborot agentligiga ham taqdim etish mumkin edi.

Shuningdek, Sa’dulla Hakimov bir bora taqdirlangan jurnalist nima uchun yana qayta “Oltin qalam”ga da’vogarlik qila olmasligi bo‘yicha ham gapirib o‘tdi. Uning fikricha, “Oltin qalam” mukofoti bilan iloji boricha ko‘proq jurnalistlarni taqdirlash maqsadida bir jurnalist qayta mukofotlanmaydi.