Prezident qarori asosida jurnalistlarga qachon uy beriladi?

2019-08-12T12:02:22+05:0019 March, 2019|Umumiy yangiliklar|

“Ishonch” gazetasi bosh muharriri Husan Ermatov uyushma raisidan nima uchun tahririyatlarga uyga muhtoj jurnalistlar ism-familiyasi so‘rab murojaat etilmagani bilan qiziqdi.

Avval xabar berganimizdek, bugun “O‘zbekiston 24” radiokanalida Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Sa’dulla Hakim bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri intervьyu bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi “O‘zbekiston 24” kanalida Prezident qarori asosida faol va uyga muhtoj bo‘lgan jurnalistlar qachon uy bilan ta’minlanishi bilan bog‘liq savollarga javob berdi.

Uyushma raisi Sa’dulla Hakimning so‘zlariga ko‘ra, faol va uyga muhtoj jurnalistlarni uy-joy bilan ta’minlash Toshkent shahrida Toshkent shahar hokimligi va boshqa davlat organlari bilan birgalikda hal etiladigan masala. Ayni damda qaysi OAVda faoliyat yuritayotgan, qancha jurnalist Prezident qaroriga asosan uy bilan ta’minlanishi hozirgacha ma’lum emas va ro‘yxat tuzilmagan.

“Ishonch” gazetasi bosh muharriri Husan Ermatov uyushma raisidan nima uchun tahririyatlarga uyga muhtoj jurnalistlar ism-familiyasi so‘rab murojaat etilmagani bilan qiziqdi. Ushbu masala bo‘yicha ishni cho‘zayotgan tashkilotlarni surishtirish uchun jurnalistlarni jalb etishni so‘radi. Biroq, jonli efir davomida Sa’dulla Hakimov tomonidan aynan qaysi muammo tufayli uy-joy masalasi hal etilmayotgani va ro‘yxat bo‘yicha tayinli javob bo‘lmadi.