Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi agentlik tanqidiga javob berdi

2019-08-12T12:02:22+05:0019 March, 2019|Umumiy yangiliklar|

Bugun “O‘zbekiston 24” radiokanalida Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Sa’dulla Hakim bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri intervьyu bo‘lib o‘tmoqda.

“O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasini shaxsan men uyushma yaxshi ishlayapti, deb aytolmayman. U shunchaki mavjud, xolos. Media sohasidagi muammolarga echim topishda bu instantsiyaning roli yo‘q hisob», deya Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari uyushmani tanqid ostiga olgan edi. Bugun “O‘zbekiston 24” radiokanalida uyushma raisi Sa’dulla Hakim mazkur tanqidga munosabat bildirdi.

Uyushma raisining aytishicha, bunday tanqid qilish odobdan emas. “O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi davlat tashkiloti emas, u jamoatchilik tashkiloti. Biz nizomimizga ko‘ra vakolatimiz doirasida faoliyat yuritamiz. Nizomdan cheklanishga haqqimiz yo‘q. Biz vakolatimiz doirasidan qo‘limizdan kelgan ishni qilyapmiz. Agentlik rahbarining uyushma ishlayotganini ko‘rmayapman, deyishini men odob doirasida emas, deb bilaman”, deya javob berdi S.Hakimov.