Ko‘ngil va tabiat uyg‘unligi

2019-08-12T12:03:10+05:009 February, 2019|Umumiy yangiliklar|

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi qoshidagi Ijtimoiy-iqtisodiy va ekologiya masalalari kengashining bu galgi yig‘ilishi ulug‘ shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy ijodida insonparvarlik, ko‘ngil va tabiat uyg‘unligi, odamiylik g‘oyalarining o‘rni va ahamiyatiga bag‘ishlandi.
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori Rashid Zohidov va boshqalar chiqish qilgan yig‘ilishda kengash faoliyatini yanada jonlantirish bilan bog‘liq masalalar, shuningdek, Navoiy ijodida ko‘ngil va tabiat uyg‘unligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Yig‘ilishda jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga Uyushma qoshidagi Ijtimoiy-iqtisodiy va ekologiya masalalari kengashi rasi Qulmon Ochilov, filologiya fanlari doktori, professor Rashid Zohidov atroflicha javob berdi.