Xotin-qizlar murojaati OAV nigohida

2019-08-12T12:03:14+05:004 February, 2019|Umumiy yangiliklar|

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi qoshidagi Jurnalist ayollar kengashining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Gulnora Marufova, qo‘mitaning fuqarolar murojaati bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Ozoda Islomova ham ishtirok etdi.
Tadbirda asosiy e’tibor kengash ishini yanada takomillashtirish, xotin-qizlar qo‘mitasiga bo‘layotgan murojaatlar va ularning yechimiga qaratildi.
Ta’kidlanganidek, 2018 yili qo‘mita ishonch telefonlariga 12 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan. Qo‘mita va hududlardagi markazlarga bo‘layotgan murojaatlar o‘z vaqtida o‘rganilib ayollarga zarur yordam ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, yig‘ilishda aksariyat hollarda xotin-qizlarimiz o‘z haq-huquqlarini yaxshi bilmasliklari oqibatida katta muammolarga duch kelayotgani aytib o‘tildi. Bu borada xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy savodxonlik madaniyatini yanada yuksaltirishga e’tiborni kuchaytirish, bunda ommaviy axborot vositalari faolligini yanada oshirish lozimligi qayd etildi.