O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Navoiy viloyati bo‘limi raisi Yorqul Umarovni tavallud topgan kuni bilan muborakbod etamiz.

2019-08-12T12:07:00+05:0014 January, 2019|Qutlovlar, Uncategorized|

Tabriklaymiz yoxud «Xotinidan qo‘rqmaydigan erkak»
Yurtimizda butun umrini ommaviy axborot sohasi rivojiga bag‘ishlagan fidoyi jurnalistlar juda ko‘p. Ana shunday ustoz-jurnalistlardan biri Yorqul aka Umarovdir. U kishi Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetini tamomlagan. Ish faoliyatini O‘zbekiston televideniye va radioeshittirish davlat qo‘mitasining qozoq tahririyatida boshlagan. Yorqul aka uzoq yillar davomida respublika va Buxoro, Navoiy viloyatlari radiokanallarida faoliyat olib bordi. 1982 yil Navoiy viloyat teleradio qo‘mitasi bosh muharriri, 1992 yilida esa viloyat teleradiokompaniyasi raisi etib tayinladi. Shuningdek, O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Navoiy viloyati bo‘yicha maxsus muxbiri bo‘lib ishlagan davrida mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy hayotiga doir qator maqolalari chop etilgan. Ijodkorning “O‘zimizning jonon”, “Sir ochildi” hamda “Xotinidan qo‘rqmaydigan erkak” nomli hajviy kitoblari mushtariylar e’tiboriga havola etilgan.
Yorqul Umarov 2004 yildan buyon O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Navoiy viloyati bo‘limiga rahbarlik qilib kelmoqda. 15 yanvarda ustoz o‘zlarining 69 yoshlarini qarshi olayaptilar. Shu munosabat bilan Yorqul akani tavallud ayyomlari bilan mamlakatimiz jurnalistlari va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.