O’zbekiston Milliy axborot agentligi – O’zA Respublika axboroti tahririyati Bosh muharriri Ziyodulla Jonibekovni 47 yoshga to’lishi munosabati bilan muborakbod etamiz.

2019-08-12T12:07:05+05:005 January, 2019|Qutlovlar, Uncategorized|

Ziyodullo Toshtemirovich Jonibekov 1972 yili Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1998 yilda Samarqand davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakulteti, jurnalistika bo‘limini tamomlagan.
Z.Jonibekov ish faoliyatini 1998 yilda Samarqand viloyati “Zarafshon” gazetasida musahhihlikdan boshlagan. 1998-2004 yillarda shu gazetada fotomuxbir, muxbir, 2004-2012 yillarda “Xalq so‘zi” – “Narodnoye slovo” gazetalarida reklama tashkilotchisi, muxbir vazifalarida ishlagan.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligidagi faoliyatini 2012 yilda Fotoaxborot tahririyati bosh muharriri o‘rinbosari vazifasidan boshlagan. Axborot nazorati va xabar uzatish xizmati bosh muharriri o‘rinbosari, bosh muharriri vazifalarida ishlagan. Bugungi kunda Respublika axboroti tahririyati bosh muharriri lavozimida ishlamoqda.
Mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida yuritilayotgan siyosatning mazmun-mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar samaralariga bag‘ishlangan publitsistik, tahliliy maqolalari ommaviy axborot vositalari hamda internet nashrlarida muntazam e’lon qilinmoqda.
Z.Jonibekov mamlakatimizda o‘tadigan yirik xalqaro anjumanlarni yoritishda faol qatnashib kelayotir.