“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi bosh muharriri O‘ktam Mirzayorovni tavallud topgan kuni bilan muborakbod etamiz

2019-08-12T12:07:06+05:002 January, 2019|Qutlovlar, Uncategorized|

O‘ktam MIRZAYoR, 1956 yilda Samarqand viloyati, Narpay tumanida tug‘ilgan. 1982 yilda hozirgi O‘zMUning Jurnalistika fakultetini bitirgan. 1974-1976 yillarda harbiy xizmatda, 1977-1983 yillarda “O‘zbekiston” nashriyotida korrektor, kichik muharrir, muharrir, 1983-1992 yillarda “Guliston”jurnalida katta muharrir, bo‘lim mudiri, mas’ul kotib,1992-1999 yillarda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi– O‘zAda mas’ul kotib, 1993-1994 yillarda Hindiston Ommaviy axborot kom-munikatsiyalari institutida malaka oshirgan. 1999-2000 yillarda O‘zA muassisligidagi “RESPUBLIKA” gazetasi bosh muharriri, 2000-2001 yillarda O‘zA Rejim xizmati rahbari, mas’ul kotibi, 2001-2010 yillarda “O‘zbekkino” Milliy agentligi Kinochilar uyi rahbari, 2010 yildan 2018 yil aprel oyigacha “Hurriyat” gazetasi bosh muharriri, 2014 yildan O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi o‘rinbosari, 2015 yildan 2016 yilgacha rais vazifasini bajaruvchi, 2016 yildan 2018 yil apreliga qadar Uyushma raisi o‘rinbosari vazifalarini qo‘shib bajargan.
1992 yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. “Ogoh ko‘ngil”(1992y.), “Yaxshi kunlar quvonchi”(1998y.) she’riy, “Tuproq hidi”(2012y.), “Amakimning kasali”(2015y.) nasriy to‘plamlar muallifi. “O‘zbekiston bayrog‘i” o‘quv filmi, “Qadr” hujjatli filmlar ssenariy muallifi, Uning nasriy asarlari asosida “Bog‘”, “Boboylar”, radiopastanovkalari yaratilgan.
Ayni paytda “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi bosh muharriri.
1996 yilda mamlakatimiz mustaqilligining besh yilligi munosabati bilan “Shuhrat” medaliga sazovor bo‘lgan.