2013 yil Oltin qalam tanlovi g‘oliblari

2019-08-12T12:07:11+05:0019 December, 2018|Oltin qalam|

Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” VIII Milliy mukofoti

g‘oliblari va sovrindorlari

(2013 yil)

Jurnalistika sohasida Bosh milliy mukofot:

“Samarqand- STV” televizion ijodiy uyushmasi – direktori A’zamjon Salohiddinov. Mamlakatimizda nodavlat elektron OAVni rivojlantirish va axborot sohasini demokratlashtirishga qo‘shayotgan hissasi hamda viloyatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga oid dolzarb mavzudagi tahliliy-tanqidiy ko‘rsatuvlari uchun

Asosiy nominatsiyalar:

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (televideniye):

1-o‘rin:

Elmurod Bozorov – O‘zMTRK “O’zbekiston” teleradiokanali Ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy dasturlar bosh muharririyatining siyosiy sharhlovchisi. Dunyoda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar tahlili misolida tinchlik va barqarorlikni qadrlashga da’vat etuvchi, ayniqsa, yoshlarda Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashga qaratilgan “Tinchlik uchun kurashmoq kerak” ruknidagi ko‘rsatuvlari uchun.

2-o‘rin:

Dilshod Bo‘riyev – O‘zMTRK “Toshkent” teleradiokanali Ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy dasturlar bosh muharririyati bosh muharriri. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, aholi turmush darajasini oshirish, obodonlashtirish va kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga oid “Ochiq muloqot” turkumidagi tahliliy-tanqidiy materiallari uchun.

3-o‘rin:

“Ruxsor” teleradiokanali (Farg‘ona viloyati) – ijrochi direktori Dilshodbek Yo‘ldoshev. Viloyatda amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari, “Mustahkam oila yili” hamda “Obod turmush yili” Davlat dasturlarida belgilangan vazifalar ijrosi keng yoritilgan turkum ko‘rsatuvlari uchun.

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (radio):

1-o‘rin:

Gulbahor Davirova – O‘zMTRK “O’zbekiston” teleradiokanali “Axborot” informatsion eshittirishlar muharririyati siyosiy sharhlovchisi. Mamlakatimizda va dunyoda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial- iqtisodiy, madaniy jarayonlar va dolzarb voqealar tezkor yoritilgan, shuningdek, qishloq joylarida namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning borishiga oid tahliliy materiallari uchun.

2-o‘rin:

NRT radiosi “Kun tafsiloti” dasturi ijodiy guruhi – rahbari Nigora Xo‘jayeva. Respublikamiz hayotining turli jabhalarida ro‘y berayotgan yangilanishlar, huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida olib borilayotgan islohotlar keng yoritilgan eshittirishlari uchun.

3-o‘rin:

Dildora Mardiyeva – “Yoshlar” teleradiokanali YoAJ Madaniy-ma’rifiy, ilmiy-ommabop va ta’lim dasturlari muharririyati katta muharriri. Jismonan sog‘lom, ma’nan yuksak, bilimli yoshlarni voyaga yetkazish, ularni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, mentalitetimizga zid turli yot ta’sirlardan asrash masalalariga bag‘ishlangan “Nuqtai-nazar” va “13-studiya” turkum eshittirishlari uchun.

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (bosma OAV):

1-o‘rin:

“Vash nalogovыy konsultant – Soliq Info” gazetasi tahririyati – bosh muharriri Feruza Hakimova. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda olib borilayotgan soliq siyosatining mazmun-mohiyatini, sohadagi yangiliklarni aholining turli qatlamlariga tezkorlik bilan yetkazishga qaratilgan faoliyati uchun.

2-o‘rin:

“Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati – bosh muharriri Farmon Toshev. Respublika va viloyat hayotidagi demokratik, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy o‘zgarishlar keng yoritilgan hamda jamiyatda uchrab turadigan muammo va kamchiliklar atroflicha tahlil etilgan materiallari uchun.

3-o‘rin:

Anvar Qulmurodov – “Qishloq hayoti” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari. “Mustahkam oila yili” va “Obod turmush yili” Davlat dasturlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar keng yoritilgan maqolalari uchun.

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (Internet-jurnalistika):

1-o‘rin:

Mehribon Mametova – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAning Respublika axboroti tahririyati yetakchi muharriri. Davlat va jamiyat hayotidagi muhim ahamiyatga molik tadbirlardan tayyorlagan reportajlari, tahliliy maqolalari, sharhlari, tezkor xabarlari uchun.

2-o‘rin:

Davronbek Tojialiyev – “ziyouz.com”, “ziyouz.uz” veb- saytlari bosh muharriri. Xalqimizning ko‘p asrlik ma’naviy qadriyatlari, madaniyatini keng targ‘ib qilish, milliy manfaatlarimizni himoyalash, yoshlarni turli axborot xurujlari, jumladan , “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan asrashga qaratilgan jurnalistik faoliyati uchun.

3-o‘rin:

Aleksandra Terexina – “Uchitel Uzbekistana” gazetasi muxbiri. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ijrosiga doir turkum maqolalari uchun.

Xalqaro tashkilotlarning rag‘batlantiruvchi mukofotlari:

BMT axborot markazi

Mingyillik rivojlanish maqsadlarini ro‘yobga chiqarish masalalari yoritilgan eng yaxshi material uchun:

Azamat Suyunov – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi birlashgan tahririyati mas’ul kotibi

YuNESKO

Barqaror taraqqiyot: ta’lim, fan va texnika masalalari bo‘yicha eng yaxshi tahliliy material uchun:

Mutalibjon Karimov – Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani “Istiqbol yo‘li” gazetasi mas’ul kotibi

YeXHT

“Giyohvandlik – xavfsizlikka transmilliy tahdid” mavzusidagi eng yaxshi material uchun:
Georgiy Petrosyan – O‘zbekiston Respublikasi IIV birlashgan tahririyati mas’ul kotibi yordamchisi

“Odam savdosi – xavfsizlikka tahdid” mavzusidagi eng yaxshi material uchun:
Nargis Qosimova – O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakulteti dotsenti

Jahon banki

“Xalq ta’limiga kiritilgan investitsiyalar” mavzusidagi eng yaxshi material uchun:

Ulug‘bek Asrorov – “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligi sharhlovchisi

“Mintaqaviy muloqot” (Sloveniya)

Inson huquqlarini himoyalash mavzusidagi eng yaxshi jurnalistik material uchun:

“Diyonat” gazetasi tahririyati – bosh muharrir Isroil Yusupov
Toshpo‘lat Rahmatullayev – faxriy jurnalist
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi

“Obod turmush yili”ga bag‘ishlangan eng yaxshi jurnalistik material uchun:

Allanazar Abdiyev – “Madaniyat va sport” gazetasi bosh muharriri (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
Muhammadjon Maqsudov – Namangan viloyati teleradiokompaniyasi direktori