Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” V Milliy mukofotining
g‘oliblari va sovrindorlari
(2010 yil)
Bosh Milliy mukofot:
«Yoshlar» teleradiokanali YoAJ – direktor Xayrulla Nuriddinov. Yoshlar mavzusi hamda jamiyatning ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini saqlash masalalariga doir turkum ko‘rsatuvlari uchun.
Asosiy nominatsiyalar:
Eng yaxshi jurnalistik material uchun (televideniye):
1-o‘rin:
Muhammadjon Bekmuhammedov – “Samarqand-STV” televizion ijodiy uyushmasi direktori o‘rinbosari. Odam savdosiga qarshi kurash hamda noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish masalalarini yoritgan ko‘rsatuvlar turkumi uchun.
2-o‘rin:
Sayyora Abdullayeva – MTRK “Toshkent” teleradiokanali “Poytaxt” axborot dasturlari bosh muharririyati katta muharriri. Aholining reproduktiv salomatligi, onalik va bolalikni himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan turkum ko‘rsatuvlari uchun.
3-o‘rin:
Bekpo‘lat Tog‘ayev – O‘EOAVMA O‘zNTT “Hudud” axborot-tahliliy dasturining maxsus muxbiri (Jizzax viloyati). Qishloq taraqqiyoti va farovonligi mavzuidagi reportajlari uchun.
Eng yaxshi jurnalistik material uchun (radio):
1-o‘rin:
Shuhrat Suyunov – MTRK “O‘zbekiston” teleradiokanali ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy eshittirishlar muharririyati bosh muharriri. Mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga bag‘ishlangan turkum eshittirishlari uchun.
2-o‘rin:
Shuhrat Zokirov – “Ruxsor G‘M” radiokanali muharriri (Farg‘ona viloyati). “Barkamol avlod yili” Davlat dasturining bajarilishiga bag‘ishlangan eshittirishlari uchun.
3-o‘rin:
Olima Hamroyeva – MTRK “Sport” teleradiokanali “Mash’al” radiokanalining katta muharriri. O‘zbek xalqining an’analari va qadriyatlarini saqlash masalalariga bag‘ishlangan turkum radioeshittirishlari uchun.
Eng yaxshi jurnalistik material uchun (matbuot):
1-o‘rin:
«Uzbekistan Today» gazetasi tahririyati – bosh direktor Sadriddin Suyarov. Mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidagi o‘zgarishlarni keng yoritgani uchun.
2-o‘rin:
“Andijonnoma” gazetasi tahririyati – bosh muharrir Abdilg‘ani Daminov. Viloyat ijtimoiy hayotining barcha sohalaridagi islohotlarni atroflicha yoritgani uchun.
3-o‘rin:
Natalya Shakirova – “Pravda Vostoka” gazetasi muxbiri. Sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalaridagi islohotlarga bag‘ishlangan materiallari uchun.
Eng yaxshi jurnalistik material uchun (Internet-jurnalistika):
1-o‘rin:
Salim Doniyorov – “Narodnoye slovo” gazetasining bosh muharriri o‘rinbosari. Mamlakatning mintaqaviy va xalqaro hamkorligi masalalarini yoritgan materiallari uchun.
2- o‘rin
Olim To‘raqulov – O‘zAning Respublika axboroti tahririyati bosh muharriri o‘rinbosari. O‘zbekistondagi demokratik islohotlarning borishini hamda investitsion muhitni keng yoritgani uchun.
3-o‘rin
Anna Gritsenko – www.generation.uz sayti muharriri. Bolalar ijodiyoti va sportini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan materiallari uchun.
Rag‘batlantiruvchi mukofotlar doirasidagi nominatsiyalar:
Jurnalistika rivojiga qo‘shgan hissasi uchun:
Anvar Obidjonov – faxriy jurnalist
Galina Melnikova – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi diktori
Faol fuqarolik pozitsiyasi uchun:
Sharofat Yo‘ldosheva – “O‘zbekiston ovozi” gazetasi muxbiri
Ijtimoiy-siyosiy mavzudagi eng yaxshi tahliliy material uchun:
Firyuza Kubareva – “Znamya drujbы” gazetasining bosh muharriri o‘rinbosari (Navoiy viloyati)
Ijtimoiy-iqtisodiy mavzudagi eng yaxni tahliliy material uchun:
Burxon Shermatov – “Muloqot” televideniyesi direktori (Qo‘qon shahri)
“Barkamol avlod yili”ga bag‘ishlangan eng yaxshi material uchun:
Saida Zokirova – MTRK “O‘zbekiston” teleradiokanali madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar muharririyati muharriri
Ma’naviy-ma’rifiy mavzudagi eng yaxshi material uchun:
Abdunabi Abdiyev – jamoatchi muxbir (Qashqadaryo viloyati)
Harbiy – vatanparvarlik mavzusidagi eng yaxshi material uchun:
Alijon Safarov – “Vatanparvar” gazetasi bosh muharriri v.b.
Eng yaxshi jurnalistik tekshiruv uchun:
Ikrom Choriyev – MTRK “O‘zbekiston” teleradiokanali ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy dasturlar bosh muharririyati bo‘limi boshlig‘i
Murakkab sharoitlarda (favqulodda vaziyatlar, atrof-muhit va ekologiya
muammolari) tayyorlangan eng yaxshi reportaj uchun:
Farhodjon Mirsharipov – O‘zbekiston MTRK Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasi bosh muharriri o‘rinbosari
Eng yaxshi rejissyorlik ishi uchun:
Jamshid Xudoyqulov – MTRK “O‘zbekiston” teleradiokanali madaniy-ma’rifiy va badiiy dam olish dasturlari bosh muharririyati rejissyori
Eng yaxshi matbuot xizmati:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati – rahbar Komil Allamjonov
Eng yaxshi fotoreportaj uchun:
Hasan Paydoyev – “Xalq so‘zi” gazetasi fotomuxbiri
Eng yaxshi karikatura uchun:
Xusan Sodiqov – “Mushtum” jurnali rassomi
Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston to‘g‘risidagi eng yaxshi Materiali uchun:
Kazimov Gulu Nadir o‘g‘li – Ozarboyjon Respublikasi Axborot agentligining O‘zbekistondagi muxbiri