2008 yil Oltin qalam tanlovi g‘oliblari

2019-08-12T12:07:13+05:0019 December, 2018|Oltin qalam|

Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” III Milliy mukofoti

g‘oliblari va sovrindorlari

(2008 yil)

Jurnalistika sohasida Bosh Milliy mukofot

“O‘zbekiston” teleradiokanali – Direktor Xurshid Davron. Mamlakatni modernizatsiyalash va yangilash jarayonlari hamda respublikada yuz berayotgan muhim ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni keng yoritgani uchun.

Asosiy nominatsiyalar

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (televideniye):

1-o‘rin:

Komiljon Shamsidinov – “O‘zbekiston” teleradiokanali “Axborot” informatsion ko‘rsatuvlar bosh muharririyatining bosh muharriri o‘rinbosari. Toshkent shahrining Mustaqillik maydoni haqidagi “Sen tinchliksan, sen-saodat, sen-erksan” hamda Qarshi shahrining 2700 yilligiga bag‘ishlangan “Shomdan tonggacha” badiiy-publitsistik videofilmlari uchun.

2-o‘rin:

O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi Axborot markazining “Hudud” axborot-tahliliy dasturi – Bosh muharrir Baxtiyor To‘raxonov. Mamlakat hududlaridagi demokratik, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy o‘zgarishlarning borishini keng yoritgani uchun.

3-o‘rin.

Saodat Amanova – “Yoshlar” teleradiokanali “Davr” axborot ko‘rsatuvlari bosh muharririyati sharhlovchisi. Parlament faoliyatini yoritishga bag‘ishlangan turkum axborot-tahliliy materiallari uchun.

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (radio):

1-o‘rin:

Azimjon Po‘latov – “O‘zbekiston” teleradiokanali “Axborot” muharririyati bo‘limi mudiri. Xavfsizlik bo‘yicha dolzarb masalalar, xususan, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va ekologik muammolarga bag‘ishlangan radioeshittirishlari uchun.

2-o‘rin:

To‘lqin Yorkulov – “Sport” teleradiokanali sharhlovchisi. Yoshlar mavzusiga bag‘ishlangan turkum radioeshittirishlari uchun.

3-o‘rin:

Xurshidabonu Yuldasheva – “Ruxsor G‘M” radiostansiyasi muxbiri, Marg‘ilon shahri. O‘zbek xalqining an’analari va qadriyatlarini saqlashga bag‘ishlangan radioeshittirishlari turkumi uchun.

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (matbuot):

1-o‘rin:

Jahongir Ismoilov – “Buxoronoma” va “Buxarskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri. Mamlakatning ta’lim sohasidagi hamda ijtimoiy-siyosiy hayotidagi islohotlarni yoritgan materiallari uchun.

2-o‘rin:

Mixail Yegorov – “Zerkalo XX1” gazetasi bosh muharriri. Ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy mavzudagi materiallari uchun.

3-o‘rin.

Nodira Manzurova va Iroda Umarova – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi muxbirlari. O‘zbekistonda yuz berayotgan ichki siyosiy voqealar va xalqaro ko‘lamdagi tadbirlarni tezkorlik bilan yoritishgani uchun.

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (Internet-jurnalistika):

1-o‘rin:

“Uz report.com” Internet portali – Direktor Ravshanxon Jo‘rayev. O‘zbekistondagi investitsion muhitni hamda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni atroflicha yoritgani uchun.

2-o‘rin:

Aymurat Alniyazov – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limining Til va adabiyot instituti direktori. Diniy mavzudagi tahliliy materiallari uchun.

3-o‘rin.

Behzod Hojimatov – “Region Inform” Axborot xizmati bosh muharriri. www.Region.uz. saytidagi ijtimoiy-siyosiy mavzudagi materiallari uchun.

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar bo‘yicha

Jurnalistika rivojiga qo‘shgan hissasi uchun

Saydi Umirov – O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti kafedra mudiri,

Boris Knopov – “Obщestvennыe nauki v Uzbekistane” jurnalining mas’ul kotibi.

Faol fuqarolik pozitsiyasi uchun

To‘lqin Eshbekov – O‘zMU jurnalistika fakultetining katta o‘qituvchisi.

Ijtimoiy-siyosiy mavzudagi eng yaxshi tahliliy material uchun

Farxod Bobojonov – O‘zbekiston” teleradiokanalining Ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy dasturlar bosh muharririyati katta muharriri.

Ijtimoiy-iqtisodiy mavzudagi eng yaxni tahliliy material uchun

“Davr ovozi” – Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani gazetasi tahririyati – Bosh muharrir Olimjon Hakimov.

“Yoshlar yili” ga bag‘ishlangan eng yaxshi material uchun

Gulbahor Azimova – “Molodej Uzbekistana” gazetasi muxbiri.

Ma’naviy-ma’rifiy mavzudagi eng yaxshi material uchun

Abduvali Qutbiddinov – “Xalq so‘zi” gazetasi muxbiri.

Harbiy – vatanparvarlik mavzusidagi eng yaxshi material uchun

Choriquli Nasritdinov – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Chirchiq oliy tankchi qo‘mondon muhandislik bilim yurti dotsenti. 13 ta

Eng yaxshi jurnalistik tekshiruv uchun

Komiljon Qodirov – Mustaqil jurnalist.

Murakkab sharoitlarda (favqulodda vaziyatlar, atrof-muhit va ekologiya
muammolari) tayyorlangan eng yaxshi reportaj uchun

Shavkat Mahbubov – O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Markaziy ofitserlar saroyining Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi bo‘limi boshlig‘i.

Eng yaxshi rejissyorlik ishi uchun

Ludfiya Ro‘ziboyeva – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Qizlar davrasi”, “O‘zbegim o‘g‘lonlari” ko‘rsatuvlari rejissyori.

Yilning eng yaxshi debyuti uchun

“Kelajak ovozi” yoshlar telestudiyalari loyihasi – Loyiha rahbari Bahodir Sharofov.

Eng yaxshi fotoreportaj uchun

Abu Kenjayev – “Postda” – “Na postu” gazetalari fotomuxbiri.

Eng yaxshi karikatura uchun

Radik Azizov – O‘zbekiston Badiiy akademiyasi sektor mudiri.

Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston to‘g‘risidagi eng yaxshi materiali uchun

Ammar al-Sanjariy – “Al-Bayan” gazetasi va Sharja amirligi televideniyesi

(BAA) muxbiri.