2007 yil Oltin qalam tanlovi g‘oliblari

2019-08-12T12:07:13+05:0019 December, 2018|Oltin qalam|

Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” II Milliy mukofoti

g‘oliblari va sovrindorlari

(2007 yil)

Jurnalistika sohasida Bosh Milliy mukofot

“Qashqadaryo” gazetasi tahririyati – Bosh muharrir Narzulla Ravshanov. Jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarni keng va chuqur yoritgani uchun.

Asosiy nominatsiyalar

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (televideniye):

1-o‘rin:

Saodat O‘rmonova – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniya “O‘zbekiston” teleradiokanali madaniy-ma’rifiy va badiiy dam olish dasturlari bosh muharririyati katta muharriri – “Qishloq hayoti” turkumidagi ko‘rsatuvlari uchun.

2-o‘rin:

O‘zbekiston Nodavlat telekompaniyalar teletarmog‘i – Bosh direktor Farid Sharapov. Ijtimoiy yo‘nalishdagi hamda axborot-tahliliy ko‘rsatuvlari uchun.

3-o‘rin.

To‘lqin Po‘latov – “Yoshlar” teleradiokanali “Davr” bosh muharririyati katta muharriri. Axborot-tahliliy ko‘rsatuvlar turkumi uchun.

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (radio):

1-o‘rin:

Dilbar Kdыrniyazova – Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi radiokanali muharriri. Jamiyatdagi xotin-qizlarning o‘rni va roli to‘g‘risidagi turkum eshittirishlari uchun.

2-o‘rin:

“Poytaxt” radiostansiyasi – Direktor Ilhom Alimov. Respublikada va chet ellarda yuz berayotgan muhim voqealarni tezkorlik bilan yoritgan axborot- tahliliy dasturlari uchun.

3-o‘rin.

Obid Berdialiyev – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining Farg‘ona viloyati bo‘yicha o‘z muxbiri. Qishloq hayoti va muammolariga bag‘ishlangan tahliliy materiallar turkumi uchun.

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (matbuot):

1-o‘rin:

Anvar Babayev – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri. Mamlakat hayotida yuz berayotgan muhim voqea-hodisalar to‘g‘risidagi axborot-tahliliy maqolalari uchun.

2-o‘rin:

Shuhrat Dehqonov –“Diyonat” va “Huquq olamida” gazetalari bosh muharriri (Namangan). Mamlakat milliy xavfsizligi masalalari hamda xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash haqidagi materiallari uchun.

3-o‘rin.

Abdulla Sobirov – “Inson va qonun” gazetasining Xorazm viloyati bo‘yicha muxbiri. Ma’naviy va milliy qadriyatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan maqolalari uchun

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (Internet-jurnalistika):

1-o‘rin:

Faxriddin Nizomov– O‘zbekiston Milliy matbuot markazi raisi. Ijtimoiy-siyosiy va xalqaro mavzudagi materiallari uchun.

2-o‘rin:

Dildora Rashidova – O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti Internet – jurnalistika kafedrasi mudiri. Internet-jurnalistika va uning rivoji masalalariga bag‘ishlangan materiallari uchun.

3-o‘rin.

Laylo Rustamova – “Uz-Report. Com” internet portali muxbiri. Axborot- tahliliy materiallar to‘plami uchun.

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar bo‘yicha

Jurnalistika rivojiga qo‘shgan hissasi uchun

Maqsud Qoriyev – faxriy jurnalist, “O‘zbekiston ovozi” gazetasi ma’naviyat-ma’rifat kengashi raisi va Axbor Imomxo‘jayev – sport sharhlovchisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi.

Faol fuqarolik pozitsiyasi uchun

Norqo‘chqor Norqobilov – “O‘zbekiston ovozi” gazetasi muxbiri.

Ijtimoiy-siyosiy mavzudagi eng yaxshi tahliliy material uchun

Islom Xamroyev – “Inson va qonun” gazetasi mas’ul kotibi.

Ijtimoiy-iqtisodiy mavzudagi eng yaxni tahliliy material uchun

Georgiy Trofimov – “Znamya drujbы” gazetasi muxbiri va “Birja” gazetasining Navoiy viloyati bo‘yicha o‘z muxbiri.

Harbiy – vatanparvarlik mavzusidagi eng yaxshi material uchun

Ra’no Mirahmedova – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Sport” teleradiokanali katta muharriri.

Eng yaxshi jurnalistik tekshiruv uchun

Jo‘ra Boborahmatov – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy dasturlar bosh muharririyatining bo‘limi mudiri.

Murakkab sharoitlarda (favqulodda vaziyatlar, atrof-muhit va ekologiya

muammolari) tayyorlangan eng yaxshi reportaj uchun

Erkin Mirzayev – “O‘zbektelefilm” studiyasi rejissyori

Eng yaxshi rejissyorlik ishi uchun

Nosir Otaboyev – “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi rejissyori.

Yilning eng yaxshi debyuti uchun

“Jamiyat” gazetasi tahririyati – bosh muharrir Sirojiddin Raupov.

Eng yaxshi fotoreportaj uchun

Toxirjon Hamroqulov– “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarining fotomuxbiri.

Eng yaxshi karikatura uchun

Shavkat Turopov– “Mushtum” jurnali rassomi.

Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston to‘g‘risidagi eng yaxshi materiali uchun

Levent Najar – Turkiya radio-televideniyesining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari.