Kengashlar nizomi

2019-08-12T12:07:41+05:0017 December, 2018|Kengashlar|

O‘ZBEKISTON JURNALISTLARI IJODIY UYUSHMASI QOSHIDAGI KENGASHLAR

N I Z O M I
UMUMIY QOIDALAR

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi qoshidagi kengashlar (bundan buyon Kengashlar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi “O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash va O‘zJIU Nizomida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida tashkil etiladi.
Uning tarkibi sohada xizmat qilayotgan malakali jurnalistlardan shakllantiriladi, uyushma boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, OAV haqidagi qonun va qonunosti hujjatlar hamda O‘zJIU Nizomi va mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.
Mazkur Nizom Uyushma qoshidagi barcha Kengashlar uchun birday amal qiladi.

KENGASHNING MAQSAD VA VAZIFALARI:

2.1. Tashkiliy tuzulmasidan qat’iy nazar OAVda faoliyat ko‘rsatayotgan

jurnalistlarining ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;

2.2. Mamlakatimizdagi ommaviy axborot vositalarida xizmat qilayotgan

jurnalistlarning ijodiy faoliyatini kuzatib-tahlil etib borish,

ularga tegishli ijodiy-uslubiy yordam berish;

Jurnalistlarning professional malakasini oshirishda O‘zJIUga
ko‘mak berish;

2.4. Soha uchun malakali kadrlar tayyorlashda O‘zJIUga taklif berish.

2.5. Mamlakatimizda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy voqealar,

bunyodkorlik jarayonlari, yurtimizda mavjud ulkan iqtisodiy va

tarixiy-madaniy salohiyatni kuzatib borish;

2.6. Mamlakatimiz OAV xizmat qilayotgan jurnalistlarni sohaga

bag‘ishlangan qonunlar va qonunosti hujjatlar bilan tanishtirib

borish;

2.7. So‘z va axborot erkinligi qaror topishida OAV xizmat qilayotgan

jurnalistlarning zamon bilan hamnafasligini ta’minlash;

2.8. Jamiyat hayotida demokratiya va oshkoralik tamoyillarini qaror

toptirish maqsadida jurnalistlar o‘rtasida fikrlar xilma-xilligi,

turli qarash va yondashuvlarga keng yo‘l ochishga ko‘maklashish;

2.9. Jurnalistikaning umume’tirof etilgan kasb axloq-odobi tamoyillari

asosida xolis va erkin jurnalistika madaniyatini shakllantirishda

yosh jurnalistlarga ko‘maklashish;

2.10. Jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘layotgan nuqson va illatlar, muammo va

kamchiliklarni xolis va haqqoniy yoritish yuzasidan OAVda chop

etilgan tanqidiy-tahliliy materiallar monitoringini olib borish;

2.11. Jurnalist kadrlarning professional mahoratini oshirishga

qaratilgan, muayyan yo‘nalish va sohalar bo‘yicha ixtisoslashgan ijodiy

kengashlar, klublar, markazlar va boshqa tuzilmalarni belgilangan

tartibda tashkil etish;

2.12. Jurnalist kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish yuzasidan

oliy o‘quv yurti muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilishda

O‘zJIUga yaqindan ko‘maklashish;

2.13. Matbuot va ommaviy axborot vositalarida til sofligi, teranligi,

uslubiy rang-baranglik qaror topishida, jurnalistlarning notiqlik

va suxandonlik mahoratini oshirish, manfaatli tashkilotlar bilan

hamkorlikda seminarlar, muloqot va munozaralar, o‘zaro fikr

almashuvlarini tashkil etishda O‘zJIUga yaqindan ko‘maklashish.

III. KENGASH FAOLIYaTINI TASHKIL ETISh VA UNING TARKIBI

3.1. Kengash faoliyati O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi

boshqaruvi tomonidan shakllantiriladi.

3.2. Kengash a’zolari kamida uch nafar malakali jurnalistlardan tashkil

topadi.

3.3. Kengashga a’zolardan biri rahbarlik qiladi.

3.4. Kengash a’zolari O‘zJIU oldida turgan vazifalardan kelib chiqib o‘z

yo‘nalishlarini belgilaydi, yillik ish rejalarini shakllantiradi va har

oyda kamida bir marta o‘z yig‘ilishlarini o‘tkazib turadi..

3.5. Kengash tomonidan shakllantirilgan ish reja O‘zJIU boshqaruvi

raisi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng amaliyotga tadbiq qilinadi.

3.6. Kengash OAVda xizmat qilayotgan, Oliy ta’lim muassasalarida

tashsil olayotgan soha xodimlari malakasini oshirishga mas’uldir.

KENGASH A’ZOLARINI RAG‘BATLANTIRISH

4.1. Kengash a’zolari O‘zJIU tomonidan belgilangan tartibda shartnoma

asosida moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi.

4.2. Kengash a’zolarini rag‘batlantirish “Ilhom” jamoat fondi va

homiylik mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi.

Y.KENGASHNING HUQUQ VA BURCHLARI

5.1. Kengash o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan va O‘zJIU boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan dasturlar, loyihalar asosida ish yuritadi.

5.2. Kengash ijro etish uchun tavsiya etilgan loyihalarni takomillashtirish va muvofiqlashtirish yuzasidan tegishli taklif va mulohazalar bildiradi.

5.3. Kengash OAV, uning xodimlari faoliyatining zamon bilan hamnafasligi borasida o‘z pozitsiyasini bildirishga haqli.