Olim O’sarov

2019-08-12T12:07:45+05:0014 December, 2018|Klub ishchi guruhi|

O’sarov Olim Avalboyevich 1973 yil tug‘ilgan.

Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini (1996), Toshkent Davlat yuridik institutining sud-prokurorlik fakultetini (2002) tamomlagan. Ixtisosligi – jurnalist, huquqshunos. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. Ikki chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati (2005, 2010).

Ish faoliyatini Chirchiq shahrida «Chirchiq tongi» gazetasini tashkil etishdan boshladi hamda tahririyatning muxbir, bo‘lim boshlig‘i, mas’ul kotib lavozimlarida xizmat qildi.

1995-2002 yillarda O‘zbekiston teleradiokompaniyasining «Sport» tahririyati, «Ma’naviyat» bosh direksiyasi, «Siyosat» bosh muhaririyati, «Yoshlar» telekanali guruh rahbari, prodyuseri lavozimlarida faoliyat yuritdi.
2002-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Matbuot xizmat rahbari – «O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Axborotnomasi» ilmiy-amaliy jurnali va «Kuch-adolatda» gazetasi tahririyatlari Bosh muharriri lavozimlarida ishladi.

O’sarov Olim Avalboyevich ikki marta O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi (2005, 2010) va parlamentdagi eng yosh, tasabbuskor deputatlardan biri sifatida qonun loyihalarini ishlab chiqish, ularni halqaro huquq normalariga moslashtirish, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini takomillashtirishga o‘z hissasini qo‘shdi.

O.O’sarov jamoat ishlarida ham faol. Jumladan, 2005-2009 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi a’zosi, 2009-2014 yillarda Matbuot kotibi vazifasini bajardi.
O’sarov Olim Avalboyevich ilmiy va pedagogik faoliyati davomida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (2007-2013), O‘zbekiston milliy universitetida (2015-2016) talabalarga saboq berdi. Uning 50 dan ortiq ilmiy ishlari, o‘nlab kitoblari nashr etilgan.

O.O’sarov O‘zbek kurashi bo‘yicha Xalqaro toifadagi hakam. Shuningdek, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi a’zosi.

O’sarov Olim Avalboyevich O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi boshqaruvi a’zosi.